Liverpool
ID:86

"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba Angliya chempionatida "Liverpul"ning mavqei borasida gapirib o'tdi. "APLning bu yilgi mavsumida ular biron marta ham yutqazishmadi. "Qizillar" allaqachon bir qo'llari bilan kubokni ushlab turishibdi. Albatta, men "Manchester Yunayted" o'yinchisi sifatida ularning chempion bo'lishlarini istamayman. Biz o'zimizdan boshqa chempion bo'lishini xohlamaymiz. Futbol ishqibozi sifatida shuni aytishim mumkinki, ular darhaqiqat bunga munosiblar. "Liverpul" hozirda o'tgan yili Chempionlar ligasini yutgan holatidan ham kuchliroqdir", - deydi Pogba.

Ma'lumot
Mini statistika

© UzFIFA Group